Jahon chempionatida hakamlar qancha maosh oladi?

11 iyun 2026, 09:50
Futbol bo'yicha Jahon chempionatida nafaqat terma jamoalar, balki o'yinlarni boshqaradigan hakamlar ham katta miqdorda daromad olishadi.

FIFA rasmiy ma'lumotlariga ko'ra, hakamlarning daromadi kafolatlangan bazaviy gonorar va har bir o'yin uchun beriladigan bonusdan iborat.

Quyida Jahon chempionati hakamlarining rasmiy tariflari bilan tanishing:

1. Musobaqada qatnashgani uchun kafolatlangan gonorar:

(Bu summa hakam nechta o'yin boshqarishidan qati nazar, turnirga chaqirilgani uchun to'lanadi)

Bosh hakamlar: $100 000

Yordamchi (qanot) hakamlar: $25 000

2. Har bir o'yin uchun alohida to'lovlar:

Bosh hakamlar uchun:

Guruh bosqichi: $3 000 – $5 000(har bir o'yin uchun)

Pley-off (nim chorak, chorak final va h.k.): $10 000 (har bir o'yin uchun)

Yordamchi va 4-hakamlar uchun:

* Guruh bosqichi: $2 500

* Pley-off bosqichi: $5 000

VAR (videoyordamchi) hakamlar uchun:

* Guruh bosqichi: $3 000

* Pley-off bosqichi: $5 000

Finalni boshqargan hakam qancha oladi?

Jahon chempionatining final uchrashuvini boshqargan bosh hakam barcha bonuslar, kunlik xarajatlar va bazaviy gonorari bilan birgalikda birgina turnirning o'zidan umumiy hisobda $250 000 dan $300 000 gacha ishlab olishi mumkin.

Qo'shimcha: FIFA hakamlarning barcha transport (biznes-klass aviachiptalar), mehmonxona, ovqatlanish va mashg'ulot xarajatlarini to'liq qoplab beradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: @referee_time