

"Sardorimiz qilayotgan har bir ishida hammaga o'rnak bo'lmoqda. U terma jamoaga yordam berish uchun kuniga 24 soat davomida bor kuchini bag'ishlamoqda. Sardor va qolgan futbolchilar kelajak haqida o'ylashayotgani yo'q. Biz ertaga nima bo'lishini bilmaymiz: jarohat olish mumkin yoki futbolchilarga bog'liq bo'lmagan boshqa qarorlar qabul qilinishi mumkin.
Hozir bor e'tiborimiz mashg'ulotlarga, eng yaxshi bo'lishga, rejalarimizni maydonda amalga oshirishga va terma jamoa libosini kiyishdan faxrlanishimizni ko'rsatishga qaratilgan. U aynan shunday o'rnak ko'rsatmoqda. Uning yagona maqsadi - bundan ertaga yanada kuchliroq bo'lish uchun foydalanishdir", - deya Martinesning so'zlarini keltiradi ESPN.
Ronaldu erkaklar terma jamoalari o'rtasida ham o'tkazilgan o'yinlar soni (227), ham urilgan gollar soni (143) bo'yicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. U Portugaliya safida 2003 yilda debyut qilgan.



