Rafael Leau qizil kartochka olgan o'yinda Portugaliya kichik hisobda g'alabaga erishdi

7 iyun 2026, 00:55
Portugaliya termasi o'z maydonida Chiliga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Qiziqarli va voqeliklarga boy o'tgan o'yinda portugallar kichik hisobda g'alabaga erishdi. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakuni arafasida janjal sababli Rafael Leau hamda Ivan Roman maydondan chetlatildi.

Gonsalu Gedesh 58-daqiqada hisobni ochgandi, 75-daqiqada esa Brunu Fernandesh hisobni o'zgartirdi. Bahs yakuniga oz vaqt qolganda Lukas Kepeda javob golini urdi.

Portugaliya - Chili 2:1

Gollar: Gedesh 58, Fernandesh 75 - Sepeda 90+2

Portugaliya: Sa (Ruy Silva 46) - Semedu (Dalot 46), Diash (Arauju 87), Veyga (Inasiu 46), Kanselu - Bernardu Silva (Netu 46), Koshta (Ruben Nevesh 46) - Konseysau (Joau Feliks 76), Fernandesh, Leao - Ronaldu (Gedesh 46)

Chili: Viguru - Faundes (Serralta 46), Roman, Maripan, Suaso - Xorxe (Sepeda 67), Pisarro (Mendes 80), Loyola (Ormasabl 80) - Osorio (Rayxmud 80), Guterres (Echeverriya 67), Tapiya (Morales 80)

Chetlatish: Leao (45+2) - Roman (45+2)

Portugaliya termasi 11 iyun kuni Nigeriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. JCHdagi ilk uchrashuv esa 17 iyun kuni Kongo DRga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia