Mourinyu "Real"ga o'z jamoasida qaysi futbolchilarni ko'rishni xohlayotganini ma'lum qildi

11 iyun 2026, 10:10
Yaqin orada Madridning "Real" klubini boshqaradigan portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu "Qirollik klubi"ga o'z tarkibida qaysi futbolchilarni ko'rishni istayotganini aytdi.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Mourinyu "Real"ga "galaktikos"larni sotib olish o'rniga, klubga jamoa uchun kurashishga, maydonda ko'p yugurishga va qurbonliklar berishga tayyor bo'lgan ambiciyali, mehnatkash futbolchilarni taklif qilish kerakligini aytgan. Shu bilan birga, portugaliyalik mutaxassisga o'ziga haddan tashqari yuqori baho beradigan futbolchilar yoqmasligi qayd etilgan.

Takidlanishicha, "Real" iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Niko Pasni tarkibga qaytarish, akademiya futbolchisi Tyago Pitarchning salohiyatini ro'yobga chiqarish, shuningdek, asosiy tarkib uchun markaziy va o'ng qanot himoyachilarini sotib olish hamda raqobat muhitini yaratish uchun chap qanot himoyachisi va yarim himoyachi poziciyalarini kuchaytirish niyatida.

Mourinyuning istaklar ro'yxatiga bitta kreativ pleymeyker (bu Pas bo'lishi mumkin) va bitta tayanch yarim himoyachisi kiritilgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS