Osiyo o'yinlari. O'zbekiston U-23 chorak finalda Saudiya Arabistonini musobaqadan chiqarib yubordi, keyingi bekat yarim final

Iskandarov Abdulaziz
25 sen 2026, 11:55
Birozdan so'ng Osiyo o'yinlari chorak finalidan o'rin olgan O'zbekiston U-23 - Saudiya Arabistoni U-23 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Osiyo o'yinlari. Chorak final.

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:0 TUGADI

Hakamlar: Yasin Tuan, Aziz Farhan, Tang Chao, Jing Jiyuan

Gol: Dilshod Murtozaev 12, 1:0, Azizbek To'lqinbekov 78, 2:0, Firdavs Abdurahmonov 86, 3:0

O'zbekiston: 21. Samandar Muratbaev • 2. Saidxon Xamidov • 3. Dilshod Murtazaev • 4. G'iyosjon Rizakulov ( 20. Dilshod Abdullaev, 81) • 5. Kuvonchbek Xushvaqtov • 7. Sardorbek Baxromov (17. Firdavs Abdurahmonov 81) • 9. Saidumarxon Saidnurillaev (19. Ollabergan Karimov 62) • 10. Muhammadali Urinboev ( 22. Nurlan Ibraimov, 85)• 11. Asilbek Jumaev (23. Shodiyor Shodiboev, 85) • 13. Azizbek Tulkunbekov • 14. Ruziboy Fayzullayev

​Zaxira: 1. Maksim Murkaev • 12. Umar Rustamov • 6. Ravshan Xayrullaev • 8. Amirbek Saidov • 15. Diyorbek Abdunazarov • 16. Muhammadali Reymov • 18. Oybek Urmonjonov •

​Bosh murabbiy: Ravshan Xaydorov

​Saudiya Arabistoni: 1. Yazan Alruvaiili • 2. Sultan Alessa • 3. Abdulaziz Alsuvilem • 4. Meshal Aldavud • 5. Muhammed Barnaui (C) • 10. Sabri Dahal • 11. Tamer Alxaybari (19. Adnan Albishri, 64) • 13. Saud Alyami ( 20. Turki Algumayl, 46) • 14. Eyad Hussa • 16. Ali Bulahrech • 17. Amar Alyuhaybi (12. Saad Almutxari, 64),

​Zaxira: 21. Abdurahmon Alg'amdi • 22. Mahmud Alburayh • 6. Avad Dahal • 7. Ziyod Abba • 8. Saud Haddad • 9. Turki Alshaifan • 15. Abdulaziz Alfavaz • 18. Farhal Alshamrani • 23. Yazan Madani

​Bosh murabbiy: Luidji Di Byadjo

Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. ABDURAHMONOOOOOV. Firdavs Abdurahmonov hisobni yiriklashtirdi, O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 3:0

85. O'ZGARISH. O'zbekiston, Jumaev o'rniga Shodiboev, O'rinboev o'rniga Ibraimov tushdi

81. O'ZGARISH. O'zbekiston, Bahromov o'rniga Abdurahmonov, Rizaqulov o'rniga Abdullaev tushdi

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. TO'LQINBEKOOOOOV. Fayzullayevdan qanotdan ajoyib yurish, To'lqinbekovdan qoyilmaqom nuqta. Biroz oldin ham Fayzullayevda imkoniyat bo'lgan edi, bu safar u to'pni qizg'anmay jamoadoshiga uzatdi.

76. Ollabergan Karimovning zarbasi kuchsiz chiqdi.

75. ZARBAAAAA. Fayzullayevning katta tezlikda oldinga o'tib tepgan to'pi ustunga tegdi. Qulay imkoniyatdan foydalana olmadik.

73. OGOHLANTIRISH. Meshal Aldavud, Saudiya Arabistoni

71. ZARBAA. O'rinboevning zarbasini raqib posboni qaytardi.

62. ZARBAAA. Quvonchbek Xushvaqtov jarima uzatmasini golga aylantira olmadi.

62. O'ZGARISH. O'zbekiston, Saidumarxon Saidnurullaev o'rniga Ollabergan Karimov tushdi.

60. O'rinboev raqib jarima maydonchasi ichida chiroyli harakat qildi. Lekin bu yakuniy samara keltirmadi.

57. Raqiblar ustunlikni qo'lga oldi. Ularni haddan tashqari yaqinlashtirib yubordik.

47. Saudiya Arabistoni futbolchisining Muratbaev darvozasiga yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

46. O'ZGARISH. Alyami o'rniga Algumayl tushdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

40. ZARBAA. Bahromov uzoqdan zarba berdi. Noaniq.

34. O'ng qanotdan uzatmani golga aylantiradigan futbolchi topilmadi.

23. OGOHLANTIRISH. Saud Alyami, Saudiya Arabistoni

18. Ustunlik terma jamoamizda, qanotlarimiz ancha faol.

16. OGOHLANTIRISH. Ali Bulahrech, Saudiya Arabistoni

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Sardor Bahromovning ijro etgan jarima zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Dilshod Murtozaev darvozaga aniq yo'lladi, 1:0

10. Saudiya Arabistoni futbolchisi terma jamoamiz yarim himoyachisi Asilbek Jumaevga qarshi qo'pol o'ynadi. Jarima zarbasiga egamiz.

2. O'yin ikki jamoaning hujumlari bilan boshlandi.

O'yin boshlandi.

Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor!


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia