

Ittifoq vakili Aksel Xellmannning takidlashicha, Germaniya turnirni qabul qilishga to'liq tayyor va barcha zarur infratuzilmaga ega, shu sababli yangi obektlar qurish uchun katta investiciyalar talab etilmaydi:
“Bizda Jahon chempionatini o'tkazish uchun barcha infratuzilma allaqachon mavjud. Katta xarajatlarning hojati yo'q. FIFA rotaciya principi masalasida moslashuvchanroq yondashadi deb umid qilamiz”, – dedi Xellmann.
Nemislar talabnomasi oldidagi asosiy to'siq - FIFAning amaldagi rotaciya tizimi. Unga ko'ra, Ispaniya, Portugaliya va Marokashda (ilk o'yinlari Urugvay, Argentina hamda Paragvayda) o'tadigan JCH-2030 va Saudiya Arabistonida o'tadigan JCH-2034’dan so'ng navbatdagi musobaqaga Shimoliy Amerika yoki Okeaniya vakillari mezbonlik qilishi kerak.
Agar FIFA ushbu qoidani o'zgarishsiz qoldirsa, Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Germaniya ham JCH-2038 uchun o'z nomzodini ilgari sura olmaydi. DFB xalqaro federatsiya istisno qilishiga yoki mezbon mamlakatlarni tanlash tartibini qayta ko'rib chiqishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Germaniya yirik futbol turnirlarini tashkil etishda boy tajribaga ega. Mamlakat 1974 va 2006 yilgi Jahon chempionatlariga, shuningdek, bir necha bor Yevropa chempionatlariga mezbonlik qilgan.



