Rasman: “Andijon” transfer taqiqidan qutuldi

1 avg 2026, 08:27
“Andijon” klubidan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi olib tashlandi.

Joriy yilning 29 iyul sanasida FIFA Intizom qo'mitasi “Andijon” klubiga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'ygandi.

Kecha, 31 iyul sanasida FIFA klub va futbolchi o'rtasidagi nizo to'liq hal qilingani hamda “Andijon” klubiga nisbatan qo'llangan intizomiy jazo chorasi bekor qilinganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com