

Bu haqda Germaniyaning nufuzli "Bild" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, "RB Leyptsig" "Real"ning 100 million va 115 million evrolik ikkita taklifini rad etgan. Takidlanishicha, Germaniya klubi endi kafolatlangan 120 million evro talab qilmoqda, umumiy bonuslar bilan bu summa 135 million evroga yetishi mumkin.
Avvalroq boshqa bir insayder, Romano, Diomand Madridning "Real" klubining yangi o'yinchisiga aylanishi, bitim summasi esa 100 million evrodan oshishi haqida xabar bergan edi.
Diomand 2025 yildan beri "Leyptsig" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u 36 ta o'yinda ishtirok etib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 90 million evroni tashkil etadi. Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi yana to'rt yilga mo'ljallangan. Yakunlangan JCHda Yan to'rtta uchrashuv o'tkazib, bitta assistni o'z hisobiga yozib qo'ygan.



