

Futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.
"Real" Espining transferini payshanba, 30 iyul kuni e'lon qildi. Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, Ispaniya grandi 21 yoshli forvardni 25 million evro evaziga sotib olish opciyasini faollashtirgan.
O'tgan mavsumda Espi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi. Futbolchining "Levante" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan edi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.



