

Agar klub sobiq murabbiy oldidagi qarzdorlikni bartaraf etmasa, uzluksiz 3 transfer oynasi davomida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Bu borada FIFA axboroti kecha, Toshkent vaqti bilan 18:54'da, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga kelib tushgan. “Andijon” klubining bir qator yangi futbolchilar bilan shartnomasi esa Ligada bu vaqtdan bir muncha keyin ro'yxatga olingan.
FIFA Intizom kodeksining 50-moddasi 1-bandiga ko'ra, qarorlar ular xabar qilingan vaqtdan e'tiboran kuchga kiradi. Shundan kelib chiqib, Liga “Andijon” shartnomasini ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilarni klub FIFA taqiqi masalasini hal etmaguniga qadar Superliga musobaqasi uchun ro'yxatga qo'shmaydi.



