Nacho: "Hech bir jamoa Ispaniyaga qarshi o'ynashni istamasdi"

1 avg 2026, 11:54
Ispaniya terma jamoasi va "Real"ning sobiq himoyachisi Nacho Fernandes Jahon chempionati–2026dagi chempionlik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Hozirda Saudiyaning "Al-Qodisiya" klubida to'p surayotgan tajribali futbolchi ispanlar mundialdagi eng kuchli jamoa bo'lganini ta'kidladi.

"Men terma jamoani diqqat bilan kuzatdim va har qanday haqiqiy ispaniyalik kabi ularning o'yinidan zavqlandim. Jamoadagi ko'plab futbolchilar mening sobiq sheriklarim hisoblanadi.

Sizlarga bir narsani aniq ayta olaman: hech bir raqib bizga qarshi maydonga tushishni istamasdi. Buning, albatta, o'ziga yarasha sababi bor.

Ular uchun chin dildan xursandman. Ayniqsa, men uchun juda qadrli bo'lib qolgan futbolchilarning muvaffaqiyati meni yanada quvontirdi.

Jahon chempionatidagi ikkinchi yulduzmi? Xudo xohlasa, ular yanada ko'proq yulduzlarga ega bo'lishsin", - dedi Nacho.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 finalida Argentinani mag'lub etib, o'z tarixida ikkinchi marta mundial g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: As