

Argentinalik yarim himoyachiga A Seriyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga da'vogarlar orasida "Napoli”, "Milan" va "Fiorentina" ham bor.
Shu bilan birga, "Real" rahbariyati Mastantuononing ketishiga qarshi emas, biroq futbolchining Yevropaning yetakchi chempionatlaridan birida o'ynashda davom etishini afzal ko'radi. Madrid klubi yarim himoyachining Argentinaga qaytishini maqbul variant sifatida ko'rmayapti.
Mastantuono Ispaniya La Ligasining o'tgan mavsumida 23 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi. Shuningdek, uning hisobida beshta sariq kartochka va bitta chetlatish bor.



