

Takidlash joizki, 30 iyul kuni Infantinoning bu taklifidan so'ng UEFA va unga a'zo bo'lgan barcha 55 ta milliy assotsiatsiya FIFA shafeligidagi barcha turnirlarni (shu jumladan, erkaklar va ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatlarini) to'liq boykot qilish uchun bir ovozdan ovoz berdi. KONKAKAF ham JCH huquqlarini xususiy investorlarga topshirish g'oyasini keskin tanqid qilib chiqdi.
“Jahon chempionati muxlislarga, odamlarga - butun dunyo xalqlariga tegishli. Menimcha, bu haqiqatan ham ajoyib bayram. Umid qilamanki, UEFA ham, FIFA ham butun dunyo uchun mo'ljallangan bu bayramni barbod qilmaydi”, – dedi Anchelotti.



