

FIFAning rasmiy tizimidagi ma'lumotga ko'ra, ushbu cheklov 2026 yil 29 iyul sanasidan e'tiboran kuchga kirgan.
E'tiborlisi, bu jamoa uchun joriy yozgi transfer oynasidagi uchinchi taqiq hisoblanadi. Shunga qaramay, klub rahbariyati o'z vaqtida harakat qilib, kecha 3 nafar yangi a'zosi - darvozabon Artyom Potapov, shuningdek, Nodirxon Nematxonov va Shohmalik Komilovni Ligada ro'yxatdan o'tkazib olishga muvaffaq bo'lishdi.
Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, ushbu navbatdagi transfer ban o'tgan yili Aleksandr Xomyakovning murabbiylar shtabida ishlagan ruminiyalik jismoniy tayyorgarlik murabbiyi Augustin Chirica oldidagi qarzdorlik sabab kelib chiqqan.



