

U raqib kim bo'lishidan yoki turnir maqomidan qati nazar "Al Nassr" mentaliteti doimo raqobat va barcha o'yinlarda g'alaba qozonishga qaratilganini alohida qayd etdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida Anjelo shunday dedi:
"Biz - '“Al Nassr”miz va maydonga tushganimizda, maqsadimiz doimo g'alaba qozonish bo'ladi".
Braziliyalik futbolchi Osiyo turniridagi dastlabki bahsda jamoasi kutilgan darajada o'yin ko'rsata olmaganini tan olib, xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish hamda kelgusi to'qnashuvlarda o'yinni kuchaytirish ustida ishlash muhimligini ta'kidladi.
"Elit OCHLdagi dastlabki bahsimizda kerakli darajada harakat qila olmadik. Avval takidlaganimdek, biz “Al Nassr” va har bir bahsga g'alaba uchun chiqamiz. Har doim eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishga va muxlislarimiz kutayotgan natijalarni qayd etishga intilamiz", – deya qo'shimcha qildi u.
O'tgan mavsum bilan solishtirganda maydondagi poziciyasi o'zgargani haqida to'xtalar ekan, Anjelo bu o'zgarish murabbiylar shtabining taktik qarashlari bilan bog'liqligini va o'ng yoki chap qanotda bo'lishidan qati nazar unga yuklatilgan vazifalarga moslashishga qodirligini tushuntirdi.
Qaysi poziciyada o'ynashni maqul ko'rishi haqidagi savolga javob berar ekan, u shunday dedi:
"Shaxsan men uchun qaysi poziciyadaligim bir xildek, biroq murabbiylarning qarashlari va taktik rejalari turlicha bo'ladi. Mavsumni o'ng qanotda boshlagan edim, hozirda esa chap tomonda to'p o'ynayapman, chunki murabbiy meni ushbu qanotda samaraliroq o'ynay oladi deb hisoblamoqda".
Shuningdek, Anjelo taktik moslashuvchanlik "Al Nassr" o'yinining muhim jihatlaridan biri ekanini aytib, o'yin uslubi raqibning xususiyatiga va har bir uchrashuv talablariga, shuningdek, futbolchilar maydonda bajaradigan vazifalarga qarab o'zgarishini ta'kidladi.
"O'yin uslubi raqibdan kelib chiqib farqlanadi. Al Haybariy va Kosta kabi iqtidorli futbolchilar bilan yonma-yon o'ynash jamoa uchun katta plyus. Har bir bahsning raqib tabiatiga ko'ra o'z talablari va alohida uslubi bor", – dedi futbolchi.



