FIFA Prezidenti Janni Infantino O'zbekistonga tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2026, 23:00
Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegaciya 29–30-sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O'zbekistonda bo'ladi.

FIFA delegaciyasini O'zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikramov hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov kutib oldi.

Tashrif doirasida mamlakatimizda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va obektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.

Shuningdek, O'zbekiston futbolini rivojlantirish, yosh istedodlarni qo'llab-quvvatlash hamda mamlakatimizda futbolni yanada taraqqiy ettirish borasidagi hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

photo_2026-09-29_20-44-18.jpgphoto_2026-09-29_20-44-20.jpgphoto_2026-09-29_20-44-21.jpgphoto_2026-09-29_20-44-24.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA