

"Buyuk jamoalar hal qiluvchi pallada o'zini namoyon qiladi. Biz avvalgi uchrashuvlardagi barcha jihatlarni diqqat bilan tahlil qildik va bugun deyarli barcha yo'nalishda mukammal o'yin ko'rsatdik. Ammo bu to'xtash uchun sabab emas. Har bir jihatda yanada kuchliroq bo'lishimiz mumkin.
1/8 finalda bizni yanada kuchli raqiblar kutib turibdi. Doimo o'sish va rivojlanish - bu bizning xarakterimiz. Bu jamoadan har safar yanada ko'proq narsa talab qilinadi.
Xorvatiyami yoki Portugaliyami? Biz har ikki jamoani ham juda yaxshi bilamiz. Keyingi bosqichga kim chiqmasin, bunga munosib bo'ladi", - dedi de la Fuente.



