

"Men buni sharhlay olmayman, chunki menda ishonchli ma'lumot yo'q. Ammo har bir vaziyat o'ziga xos va takrorlanmasdir", - deydi de la Fuentening so'zlarini Marca nashri.
Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezushning hech qanday nizo yo'qligi haqidagi bayonotlariga qaramay, terma jamoa qarorgohini tark etdi. Murabbiy matbuot anjumanida Ronalduning daniyaliklarga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi mumkinligini ma'lum qilgan edi. Bir qator Portugaliya OAVlari Ronalduning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash istagi haqida xabar berishdi.



