

Yozda Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida zafar quchgan 65 yoshli mutaxassis “France Football” talqini bo'yicha 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga da'vogarlik qilmoqda. Undan tashqari nomzodlar safiga Mikel Arteta, Unai Emeri, Vensan Kompani va Luis Enrike ham kiritilgan.
"Men mezonlar qanday ekanini bilmayman, lekin har doim ispaniyaliklar - futbolchilar ham, murabbiylar ham g'alaba qozonishini xohlashimni aytib kelganman. Menimcha, bunga loyiq bo'ldik, qolganini esa ko'ramiz. Nomzodlar qatorida bo'lishning o'zi katta sharaf va faxrdir. Men baxtiyorman", – deya de la Fuentening so'zlarini keltiradi AS nashri.
2026 yilning eng yaxshi murabbiyi nomi 26 oktyabr kuni Londonda bo'lib o'tadigan "Oltin to'p" topshirish marosimida e'lon qilinadi.



