

65 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan yangi kelishuv 2032 yilgacha mo'ljallangan. Avvalgi shartnoma 2028 yilning yozida nihoyasiga etardi. Qayd etilishicha, Rafael Lousan raisligidagi RFEF direktorlar kengashi de la Fuentening shartnomasini uzaytirish qarorini bir ovozdan maqullagan.
"Biz barqarorlik va ishonch loyihasini izlamoqdamiz. Bu taklif Luis de la Fuentega hamda u boshqarayotgan, bir necha yillar va muhim musobaqalarga mo'ljallangan sport loyihasiga bo'lgan ishonchga asoslangan. Gap terma jamoa tarixidagi eng ko'p sovrin yutib olgan murabbiy haqida ketmoqda va qadrdon uyimizdagi 14 yillik faoliyatidan so'ng u RFEF'da uzoq davom etadigan kelajakka to'la haqli", – deya Lousanning so'zlarini keltiradi federatsiya matbuot xizmati.
De la Fuente Ispaniya terma jamoasini 2022 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida milliy jamoa JCH-2026’da g'alaba qozondi, 2024 yilda Yevropa chempioni bo'ldi hamda 2022/23 yilgi Millatlar Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi.
Bunga qadar mutaxassis 2018 yildan 2022 yilgacha Ispaniya yoshlar terma jamoasida, 2013 yildan 2018 yilgacha esa 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat terma jamoada faoliyat yuritgan.



