De la Fuente Ispaniyaning Millatlar ligasi o'yinida Angliya ustidan qozongan g'alabasiga izoh berdi

27 sen 2026, 09:55
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasi 1-turidan o'rin olgan Angliyaga qarshi o'yindagi g'alabaga (3:2) munosabat bildirdi.

"Bu jamoa ambiciyalarga to'la va erishilgan natijada to'xtab qolmoqchi emas. Bardosh berishimiz va ingliz futbolchilarining mahoratiga qarshi turishimiz kerak bo'lgan daqiqalar bo'ldi, ammo, fikrimcha, biz qayta tug'ilayotgan Ispaniyani ko'rdik.

Tanaffusda - besh-alti daqiqani hisobga omaganda - o'yin borishini to'liq nazorat qilganimizni va ajoyib vaziyatlar yaratganimizni muhokama qildik. Maydonga shunday kayfiyat bilan qaytish kerak edi. To'pni yo'qotishimiz sababli raqibda imkoniyatlar yuzaga kelishi mumkinligini tushunardik, ammo jamoa bunday vaziyatlarda juda bosiq va tajribali harakat qiladi. Biz ushbu jamoa hech qachon taslim bo'lmasligini bundan keyin ham isbotlashga intilamiz", - dedi de la Fuente Marca nashriga.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca