

Avvalroq jarohatlari sabab Ferran Torres, Niko Uilyams, Erik Garsiya va Alexandro Grimaldo Ispaniya terma jamoasi qarorgohini tark etgandi.
Ertaga ispanlar Millatlar ligasining umumiy bosqichi 3-turida Chexiyaga qarshi maydonga tushadi.
"Bu formatning kamchiliklaridan biri - futbolchilarning tiklanishi uchun vaqt juda kam. Biz futbolchilar salomatligini birinchi o'ringa qo'yamiz va futbolchining maydonga to'liq tayyor holda chiqishini afzal ko'ramiz", - dedi de la Fuente matbuot anjumanida.



