

Saudiya Arabistoni chempionatining 11-turidan o'rin olgan bahsda 41 yoshli portugaliyalik hujumchi g'oliblik golini urdi. Bu Ronalduning faoliyatidagi 982-goli bo'ldi. Shuningdek, u uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Biroq bahsdan keyin Krishtianu sovrinni o'zida olib qolishdan bosh tortib, uni Al-Hamdanga berdi. Jamoadoshi mazkur uchrashuvda bir gol urib, yana bir golga uzatma muallifi bo'ldi.




