

Bu haqda "Sky Sports" xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko'ra, klublar o'rtasidagi muloqot ijobiy ruhda o'tmoqda. Uelbekning "Brayton" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi, klub munosib moliyaviy taklif bo'lgan taqdirda futbolchining ketishiga to'sqinlik qilmoqchi emas.
Denni Uelbek "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ushbu jamoada kattalar darajasida ham to'p surgan. Bundan tashqari, futbolchining faoliyat tarixida "Arsenal", "Uotford" va boshqa klublar bor. Futbolchi "Brayton" sharafini 2020 yildan beri himoya qilib kelmoqda. O'tgan mavsumning 40 ta o'yinida Uelbek 14 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.



