

33 yoshli marokashlik futbolchi 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Zieshning so'nggi klubi Marokashning "Vidad" jamoasi bo'lib, u yerda futbolchi 2025 yildan beri 16 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bunga qadar Ziesh Qatarning "Al Duhayl", "Galatasaroy", "Chelsi", "Ayaks", "Tvente" va "Xerenven" klublarida to'p tepgan. Bundan tashqari, uning hisobida Marokash terma jamoasi safida 64 ta uchrashuvda urilgan 25 ta gol mavjud.
Transfermarkt portali o'yinchining bozor qiymatini 2,2 million evroga baholamoqda.



