

"Men Vinisius haqida aytgan maqolimni Mbappega nisbatan ham qo'llayman: u - mevalarga burkangan daraxt. 40 ta gol uradigan futbolchi jamoa uchun muammo emas", - dedi Mourinyu.
Mutaxassisning takidlashicha, ayrim insonlar futbol haqida gapirsa-da, uni yaxshi tushunmaydi. Boshqalari esa futbolni yaxshi bilishiga qaramay, vaziyatni salbiy tomondan yoritishni afzal ko'radi.
"Men so'nggi daqiqalarda jamoa 10 kishi bo'lib qolganida qanday himoyalanganini ko'rdim. Kilian ham, Kukurelya ham juda charchagan edi. Murabbiy sifatida men uchun bunday munosabat va fidoyilik katta quvonch", - dedi u.
Mourinyu jamoa hujumda ham etarlicha imkoniyat yaratayotganini ta'kidladi: "Bizga to'rtta gol urishlari mumkin edi, ammo o'zimiz sakkizta gol urishimiz ham mumkin edi. Nega bu haqda gapirishmaydi? Biz g'alaba qozonganimizdan xursand emaslarmi?"
"Biz birdammiz. “Betis” bilan o'yinda ochko yo'qotdik, ammo sadoqatimiz va o'zini fido qilishimiz o'zgarmaydi. Odamlarni xursand qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deya yakunladi Mourinyu.



