Palmer: "Chelsi"da hali o'sadigan jihatlar bor, ammo biz natijaga erishyapmiz, asosiysi shu"

Sherzod Nurmatov
10 sen 2026, 15:35
"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer Angliya Liga Kubogi 1/16 finali doirasidagi "Lids" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (6:3) bosh murabbiy Xabi Alonso tanaffusda jamoadan nimalarni talab qilganini aytib berdi.

"Alonso o'yin shiddatini oshirishimizni aytdi. Birinchi bo'limda haddan tashqari sust harakat qilgandek tuyuldik, shuning uchun tempni ko'tarish kerak edi.

Menga "Chelsi"da hamma narsa manzur kelmoqda. Biz kabi hujumkor futbolchilar uchun bu odatlangan uslubimizdan ancha farq qilyapti.

O'ylaymanki, hali o'sadigan jihatlar bor, ammo biz natijaga erishyapmiz va eng muhimi ham shu", – dedi Palmer.

"Chelsi"ning 1/8 finaldagi raqibi qur'a tashlash marosimida ma'lum bo'ladi. Marosim 16 senryabr kuni tashkil etiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC