La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

11 sen 2026, 23:46
"Barselona" hujumchisi Rafinya Ispaniya chempionatining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Braziliyalik futbolchi o'tgan oyda La Liganing 3 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi. U "Elche" (5:0) va "Rayo Valekano" (5:2) bilan o'yinlarda dubl qayd etgan bo'lsa, "Atletik" (2:0)ga qarshi bahsda yana bir marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ovoz berish jarayonida Rafinya "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem, "Atletiko" vakili Aleks Baena, "Deportivo" hujumchisi Per-Emerik Obameyang va "Alaves" futbolchisi Nauel Tenalyani ortda qoldirdi.

Shu tariqa Rafinya mavsumning ilk oyini yuqori darajada o'tkazib, La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: laliga.com