"Arsenal", "Siti" va "Al Hilol" - qishda Netu atrofida katta savdo boshlanadi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2026, 18:25
"Chelsi" vingeri Pedru Netu bozordagi eng talabgir istedodlardan biri sifatida xalqaro transfer ro'yxatlarida yuqori pog'onalarni saqlab turibdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 26 yoshli portugaliyalikka "Arsenal" va "Manchester Siti" bilan birga "Al Hilol" ham qiziqish bildirmoqda.

Manfaatdor klublar qishki transfer oynasida "Chelsi" rahbariyati bilan yana rasmiy aloqaga chiqishi kutilmoqda. Londonliklar Netuni 70–80 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Netu 2024 yilning avgustidan buyon "Chelsi"da to'p tepib kelmoqda. Uning shartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 52 ta o'yinda 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali o'yinchining narxini 60 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside