

24 yoshli braziliyalik futbolchi avgust oyida APL doirasida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Joao Pedro faoliyatida ilk bor oyning eng yaxshi o'yinchisi nomiga sazovor bo'ldi.

So'rovnoma jarayonida "Chelsi" forvardi o'z jamoadoshi Koul Palmer, shuningdek, Rikkardo Kalafori ("Arsenal"), Rayan Sherki ("Manchester Siti"), Brunu Fernandesh ("Manchester Yunayted"), Mamadu Sangare ("Brentford"), Konstantinos Colakis ("Xall") va Yoan Vissani ("Nyukasl") ortda qoldirdi.



