

"Men natijadan va jamoaning ko'rsatgan reakciyasidan mamnunman. Ha, boshlang'ich tarkibda juda ko'p o'zgarishlar bor edi. Bu tavakkalchilik edi. Hamma narsa biz rejalashtirgandek kyetmadi, shu sababli o'zgartirishlar kiritishga majbur bo'ldik. Birinchi bo'lim uchun mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Muxlislar ajoyib edi, ushbu muhit futbolchilarga katta yordam berdi.
Zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilarning o'yinga tayyor turgani menga maqul keldi. Ular asosiy tarkibda chiqmasligini bilardi va uchrashuv borishiga ta’sir o'tkazishga tayyor edi. Deyarli birga o'ynamagan jamoani maydonga tushirganingda, "Lids" bu qadar yuqori shiddat ko'rsatayotgan paytda bu darajadagi futbolni namoyish etish murakkab", – dedi Alonso.
"Chelsi"ning 1/8 finaldagi raqibi 16 sentyabr kungi qur'a tashlash marosimidan so'ng ma'lum bo'ladi.



