Oleg Zoteev: "Mashal" himoyaviy o'yin ko'rsatishini bilgandik"

11 sen 2026, 22:07
Superliganing 21-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Mashal" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar sardori Oleg Zoteev o'z fikrlarini bildirdi.

- Bugun "Mashal" himoyaviy o'yin ko'rsatishini bilgandik. Shuni hisobga olgan holda o'yinni nazorat qildik va chiroyli g'alabaga erishdik.

- Birinchi davrada loy jangidagi uchrashuvda "Mashal" boshqa murabbiy qo'l ostida o'ynagandi. "Mashal"da qandaydir o'zgarishlar bormi?

- O'shanda jamoalar futbol o'ynamadi, hisob. Faqatgina kurash bo'ldi, standartlardan foydalanib ketgandik. Bugun "Mashal" yaxshi o'yin ko'rsatdi, himoyada yaxshi o'ynab, qarshi hujumlar uyushtirishdi. Umuman olganda "Mashal" - yaxshi jamoa.

- "Lokomotiv"ning navbatdagi uchrashuvi Kubok doirasida "Bunyodkor"ga qarshi. Jamoaning kubokdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Kubok o'yinlari deyarli bir oylik tanaffuslardan keyin bo'lmoqda. Bu o'yinlarga kimlar to'liq tarkib bilan kelsa, o'sha jamoa g'alaba qozonishi mumkin. "Paxtakor" kubokdan chiqib ketdi, "Neftchi"da OCHL bahslari bor. "Navbahor"da yaxshi tarkib yig'ilgan. Oktyabrda kim qanday holatda bo'lishini ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia