Mirko Yyelichich: "Menga nechanchi o'rinni egallashimiz muhim emas"

12 sen 2026, 00:38
Superliga 22-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Mashal" (3:0) bahsidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Mirko Yyelichich o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Mashal"ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman. Ular maydonda qo'rqmay harakat qilishmoqda. O'yin oson kechmadi. To'liq 90 daqiqa "yopiq" futbol o'ynab bo'lmasligini bilardik. Baribir zonalar ochilib qolardi. To'xtovsiz bosim qilishimiz kerak muhim edi", - deya gap boshladi Mirko Yyelichich.

- Jamoa to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Bu siz uchun nimani anglatadi?

- To'qqizta o'yin qoldi. Biz musobaqa jadvaliga qaramayapmiz. O'yinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda jamoa o'yini va uni yaxshilash. Shunda ko'nglim to'ladi.

- Demak, bugungi o'yindan qoniqdingiz?

- Menga nechanchi o'rinni egallashimiz muhim emas, ochig'i. Muhimi, ushbu mavsumdan ko'proq futbolchilarni tarbiyalash. Faqat egallaydigan o'rnimiz eng muhimi emas.

IMG_6128 - kopiya.JPG

- Jafar Bahodirovni maydonga tushirishingizga sabab hisob bo'ldimi yoki o'yindan oldin ham shuni reja qilganmidingiz?

- Jamoaga ko'proq kuch kerak edi. Temurxo'ja va Sardor charchab qolishdi. Abduxoliqov to'psiz ham ko'p harakat qilmoqda. Jafar esa kuchga to'la bo'lib maydonga tushdi.

- To'rt kundan so'ng Kubokda "Bunyodkor" bilan o'ynaymiz, keyin esa besh kun o'tar-o'tmas "Neftchi" bilan. Tiklanishga vaqt etyaptimi?

- Yo'q. Shunchaki qanday tiklanish tizimi o'zgaradi. Biz hozir e'tiborni o'yindagi jarayonlarga qaratdik. Shuning uchun, hozir qanday yo'l tutishni bilamiz. "Bunyodkor"ga qarshi "Mashal" bilan qilgan o'yinimizni qilmaymiz.

- Yyelichich jamoalari juda barqaror o'yin namoyish etadi va sekinlik bilan o'yinni yaxshilab boradi. Qaysi mashhur murabbiylarni kuzatasiz va ulardan nimalarni o'rganasiz?

- Mening sevimli jamoam "Liverpul". Klopp davridagi futbol yoqardi. Juda intensiv edi. O'yinni nazorat qilish bo'yicha esa "Barselona", o'z vaqtida Belsa ham "Lids"da yaxshi ishlagandi. Hozir "Komo"ni misol sifatida keltira olaman. Fabregas ko'p narsani o'zgartirdi. Men uchun muhimi pozicion o'yin.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia