

Braziliya terma jamoasi tibbiy ko'rigi natijalariga ko'ra, Rafinyaning o'ng sonida mushak jarohati aniqlangan. Rafinya intensiv davolanish kursini o'taydi, u Jahon chempionatida terma jamoa ixtiyorida qoladi va turnirning keyingi bosqichlarigacha tiklanishga harakat qiladi.
Shuningdek, ispaniyalik jurnalist Xavi Ernandes Navarroning xabar berishicha, Braziliya terma jamoasi hujumchisi Rafinya katta ehtimol bilan 2026 yilgi Jahon chempionatida boshqa maydonga tusha olmaydi.
JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Gaitiga qarshi uchrashuvning (3:0) 40-daqiqasida Rafinya shikastlanish tufayli zaxiraga olingan edi. Maydondan chiqishdan oldin futbolchi maydonga o'tirib qolgan, shundan so'ng shifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatish uchun maydonga tushishgandi.



