"Al Hilol" va "Al Nassr" Rafinyaga qiziqmoqda. "Barsa" braziliyalik futbolchining klubni tark etmasligiga ishonchi komil

19 iyun 2026, 21:28
"Al Hilol" va "Al Nassr" klublari "Barselona" qanot hujumchisi Rafinyaga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining o'zi Kataloniya klubi rahbariyatiga yozda jamoani tark etish istagi haqida hech qanday signal bermagan. "Barsa" ham Rafinyaning ketishga intilmayotganiga amin va yangi mavsumda braziliyalikka umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, "Barselona" juda katta taklif olgan taqdirdagina transferga rozi bo'ladi. 29 yoshli Rafinyaning shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo