

Londonliklar "Barselona" qanot hujumchisi Rafinyani nishonga olishdi. "Shporlar" allaqachon futbolchiga qiziqish bildirgan. Ammo, braziliyalik futbolchi Kataloniya klubini tark etishni istamaydi.
Rafinya "Barselona" safida jami 151 ta o'yin o'tkazgan. Vinger ularda 63 ta gol urgan va 48 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



