“Atletiko”, "Aston Villa" va “Borussiya Dortmund" Voltemadega qiziqish bildirmoqda. "Nyukasl” 65 million evro so'ramoqda

21 iyun 2026, 18:06
"Nyukasl" hujumchisi Nik Voltemade yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

Ingliz klubi 24 yoshli hujumchining ketishini ko'rib chiqishga tayyor. "Nyukasl" futbolchi uchun 65 million evro olmoqchi, biroq ijara varianti ham istisno emas.

Voltemade o'tgan yozda "Nyukasl"ga o'tgan edi. Angliya klubi nemis hujumchisi uchun 85 million evro to'lab, uni o'z tarixidagi eng qimmat transferga aylantirgandi.

Voltemade birinchi mavsumida APLda 33 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Chempionlar ligasida 10 ta o'yinda 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Vaziyatni bir nechta klublar kuzatib bormoqda. Ulardan biri "Atletiko" bo'lib, u "Verder"da o'ynagan paytidayoq Voltemade bilan qiziqqan. Shuningdek, hujumchiga "Aston Villa" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: As