Yan Oblak "Atletiko”dan boshqa klubga o'tishi mumkin

14 iyun 2026, 15:44
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda Ekrem Konur xabar bermoqda.

"Yuventus" darvozabonni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi allaqachon futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarga kirishgan.

Yan Oblak 2025/26 yilgi mavsumda "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yin o'tkazib, 55 ta gol o'tkazib yubordi va 11 ta o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Ekremkonur