

Avvalroq nemis klubi 19 yoshli ivuarlikni 100 million evroga sotishdan bosh tortgani xabar qilingandi. Manbaga ko'ra, "Liverpul” muzokaralarni davom ettirishga tayyor.
Shuningdek, "Leyptsig" Diomandeni yana bir mavsumga qoldirmoqchi bo'lgani, biroq futbolchining o'zi transferni talab qilayotgani aytilmoqda.
Diomande o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 36 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Vinger 2026 yilgi Jahon chempionatida Kot-d’Ivuar terma jamoasi safida ikkita o'yin o'tkazdi.



