

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "shaharliklar" 29 yoshli ispaniyalikka bir necha oy oldin yangi shartnoma taklif qilishgan, biroq tomonlar hali ham kelishuvga erishmagan. Hozir muzokaralar to'xtatilgan.
Rodrining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida tugaydi. Avvalroq OAVda yarim himoyachining transferiga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Rodri 2019 yildan beri "Manchester Siti" safida o'ynamoqda. U jamoa safida 298 ta o'yin o'tkazib, 28 ta gol urgan va 32 ta golli uzatmani amalga oshirgan. ispaniyalik futbolchi 2024 yilda "Oltin to'p" sohibiga aylandi.



