

Manba ma'lumotlariga ko'ra, klub 18 yoshli yarim himoyachining JCH-2026dagi o'yinini kuzatib bormoqda. "Real" jahon chempionatida o'zini yaxshi ko'rsatadigan futbolchilar transferiga qiziqish bildirmoqda.
Buaddi "Lill” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 42 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Buaddi 2026 yilgi Jahon chempionatida Marokash terma jamoasi safida guruh turnirida Braziliya (1:1) va Shotlandiyaga (1:0) qarshi to'liq o'yin o'tkazdi. Avvalroq, "Arsenal" va "Liverpul” ham Buaddining transferiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.



