Molina "Atletiko"ni tark etishi mumkin

20 iyun 2026, 11:41
"Atletiko Madrid"ning argentinalik himoyachisi Nauel Molina yozgi transfer oynasida klub ro'yxatini o'zgartirishi mumkin.

Bu ma'lumotni taniqli insayder Nikolo Skira e'lon qildi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi kunlarda 28 yoshli futbolchi Italiya A Seriyasi klublaridan bir nechta takliflar olgan. Eslatib o'tamiz, avvalroq Molina Italiyada o'ynagan: 2020-2022 yillarda himoyachi "Udineze"da o'ynagan va u yerdan "Atletiko"ga o'tgan.

Molina o'tgan mavsum klub safida barcha musobaqalarda 46 uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/NicoSchira