Kichik tumanni yulduzlar fabrikasiga aylantirgan murabbiy - "Tezkor studiya"ning navbatdagi sonida yangragan dolzarb fikrlar

Iskandarov Abdulaziz
21 iyun 2026, 13:43
"Katta Xovli" filmining boshida shunday ajoyib jumla bor: "Kinoda hamma tanigan yuz yillik artistlar emas, haqiqiy qahramonlar o'ynashi kerak. Qilgan ishini ko'rgan odam yurak ushlab qolmasa hisob emas".

Bugungi kunda terma jamoalarimizga ko'plab futbolchilar etkazib berayotgan, Kosonsoyni yulduzlar fabrikasiga aylantirayotgan Shodmon Mamatov va 18 yoshida O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida to'p tepayotgan Behruz Karimovning otasi Alisher Karimov bugungi kunning qahramonlari deb ayta olamiz. Ular “Tezkor studiya”ning kechagi sonida mehmon bo'lishdi.

Kosonsoyda 20 yildan beri bolalar futbolida faoliya olib borayotgan aka Shodmon bugungi kunda 2003, 2006, 2007, 2008 yillar terma jamoalariga bir necha nafar futbolchilarni etkazib berdi. O'tgan yili Osiyo chempioni bo'lgan O'zbekiston U-20 terma jamoasi tarkibida Po'latxo'ja Xoldorxonov, 2023 yil U-17 Jahon chempionatida qatnashgan, milliy terma jamoa a'zosi Behruz Karimov, 2008 yillar terma jamoasi sardori bo'lgan Mo'minxon Bahodirxonov, aynan futbolga Shodmon Mamatov murabbiyligida kirib kelgan. Gap sonda emas, bu juda katta natija. 2007 yillar terma jamoasida ikki nafar futbolchilar, Diyor Tojiboev va Zayniddin Yusufxonov ham bor. 2019 yil Italiyadan kuchli mutaxassis tashrif buyurgan, Namangandagi 10 kun davomida faqatgina Shodmon aka kelgan, o'rganishdan qochmagandi.

229ffbee-5d6b-4ff9-9465-0bf9df1502b1.png

Shodmon Mamatov O'zbekiston terma jamoasining o'yini haqida ham to'xtalib o'tdi. Murabbiy o'yinimizni tashkil qilish, Behruz Karimovning zarbalari va kamchiliklarimizni ham aytdi.

- O'zbekiston terma jamoasi o'yinni to'g'ri tashkil qila oldi. To'g'ri, maydonda ikkinchi raqam ostida harakat qildik. Chunki Kolumbiya - dunyo reytingida yuqori o'rinlarda turadigan juda kuchli raqib. Shu bois, asosiy urg'u tartibli himoyalanish va tezkor qarshi hujumlarga qaratildi va bu reja o'zini oqladi.

Naq 40 daqiqa davomida hisobni durang ko'rinishida ushlab turdik. O'yin taqdirini raqibning katta tajribasi, yuqori individual mahorati va o'zimiz yo'l qo'ygan ayrim xatolar hal qildi. Biroq eng quvonarlisi - yigitlar Jahon chempionatidagi debyutga va katta bosimga qaramay, o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi.

aa132bc2-f29c-4859-85dc-be6d66129513.png

- Masalan, shogirdim Behruz Karimovning harakatlarida hech qanday qo'rquv yoki sarosimani ko'rmadim. Odatda shok holatiga tushgan futbolchi to'p kelishi bilan uni shunchaki tepib yuborishga harakat qiladi. Bizda esa bunday holat kuzatilgani yo'q. Agar o'yinni to'g'ri olib bormaganimizda, birinchi bo'limning o'zidayoq hisob yiriklashib ketishi hech gap emasdi.

Albatta, kamchiliklar ham yo'q emas. Himoyadan hujumga o'tishda biroz oqsoqlik ko'zga tashlandi, ayniqsa, markaziy zonada to'pni nazorat qilishda xatolarga yo'l qo'ydik. Bundan tashqari, jismoniy holat ustida ham hali ishlashimiz kerak. Keyingi - Portugaliya bilan bo'ladigan bahsdan esa faqat ijobiy natija kutamiz.

3f2e1d99-c730-4c6d-8258-2129bd6a4473.png

- Behruzning zarba berish qobiliyati juda yuqori. Uni kichik turnirlarga olib borganimda, hech kim 2007 yilda tug'ilganiga ishonmasdi. Men o'z tarbiyalanuvchilarimga doim bir narsani uqtiraman: maydonda faqat o'zingga ishonishing kerak. Agar ikkilanish paydo bo'lsa, zarbam o'xshamaydi degan fikr xayoldan o'tsa - albatta xato qilasan. O'ziga ishongan futbolchining zarbasi ham, uzatmasi ham aniq chiqadi. Behruz Superligada ham 2 ta gol urdi. Vaziyat bo'ldimi, u masofadan qati nazar, dadil zarba berishdan qo'rqmasligi kerak.

O'zbekiston iqtidorlar mamlakati. Lekin shunday holatlar bo'ladiki istedodlarni qadriga etmay so'ndirib ham yuboramiz. Nadbavka turnirlari, hakamlarning qarorlari va hokazo. Shu tufayli futbolni tugatib yuborganlar ham bor. Shodmon Mamatov efir davomida bu haqida ham gapirdi.

- Guruch kurmaksiz bo'lmaydi, deyishadi. Futbolimizda, xususan, bolalar futbolida sun'iy natija ko'rsatish ilinjida kichik yoshdagilar turnirlariga yoshi kattaroq bolalarni olib kelib o'ynatishadi. Ammo oxirgi vaqtlarda hakamlar bilan ishlash yoki turli nadbavka orqali o'yin taqdirini hal qilish kabi illatlarga ancha chek qo'yildi.

Yaqinda sport maktablari o'rtasida 2009 yillarda tug'ilgan futbolchilar musobaqasida qatnashdim. Unda Hakamlar akademiyasida tahsil olayotgan yosh hakamlar ishladi, ularning faoliyatini bir nechta nazoratchilar jiddiy kuzatib turdi. Natijada adolat taminlandi: jamoang kuchlimi - maydonda yutib ketaverasan. Toshkent viloyati yoki Buxoro jamoalari finalga chiqadi desa, ilgari hech kim ishonmasdi.

9d69fd37-8177-463f-a77d-34d24598aa9b.png

- Istedodlarni yo'qotib qo'yish masalasiga kelsak, bu yerda ko'p narsa murabbiyga bog'liq. Har bir murabbiyning o'z darajasi bo'ladi. Masalan, men o'z bilimim, salohiyatim bolalar futboli darajasida ekanini yaxshi bilaman. Superligada ishlash uchun etarli bilimga ega emasman va buni tan olishdan qo'rqmayman. To'g'ri, deyarli har bir murabbiyning qo'lida Behruzga o'xshagan iqtidorli bolalar bo'ladi. Biroq eng muhimi - ularni keyingi bosqichga to'g'ri yo'naltirish va o'z vaqtida kuchliroq jamoalarga topshirishdir.

Hozir har bir viloyatda futbol akademiyalari tashkil qilindi. Bola futbolchi sifatida o'sishi kerak. Agar murabbiy faqat o'zini, natija orqasidan keladigan “nadbavka”sini o'ylab, iqtidorni o'z bag'rida ushlab o'tiraversa, u bola 15–16 yoshdan keyin yo'qolib ketadi, mutlaqo o'smaydi. Bolaga yaxshi futbol maktabi va sog'lom raqobat zarur.

- Men hamma shogirdlarimni vaqtida o'zimdan ko'ra malakasi va sharoiti yuqoriroq bo'lgan joylarga berganman. Chunki bola kuchsizroq jamoada qolib ketsa, u yerda yaqqol yetakchiga aylanadi va xayolida “mendan zo'ri yo'q, baribir doim asosiy tarkibda o'ynayman” degan fikr paydo bo'lib, mehnat qilishdan to'xtaydi. Hozir yaxshi sharoitlar faqat Toshkentda emas, viloyatlarda ham bor. Masalan, Namangan futbol akademiyasidagi sharoitlarni ko'rib, bunga amin bo'ldim.

1d0238b2-b99e-44e3-91a9-cfdb7b5726a5.png

“Avvalambor, barchani mana shunday katta futbol bayrami bilan tabriklayman. Jahon chempionatidek nufuzi baland musobaqada o'g'limning maydonga tushib o'ynayotgani men uchun cheksiz baxt. To'g'risi, O'zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o'yinni hayajon bilan naq 6 marotaba qayta-qayta tomosha qildim.

Kolumbiyaga qarshi uchrashuv haqiqatan ham juda chiroyli va mazmunli bo'ldi. Bunday yirik turnirlarda qatnashish va kuchli raqiblar bilan munosib kurashish futbolimiz uchun odatiy holga aylanishini tilab qolaman.

O'g'lim Behruzga doim: “Senda Xudo bergan iqtidor va qobiliyat bor, undan unumli foydalan, vaziyat bo'ldimi - dadil zarba yo'lla”, deb uqtiraman. Oilaviy uning kuchli zarbalari muxlisimiz.

O'zim asosan Qozog'istonda ishlayman. Ilgari Behruzning har bir mashg'uloti va o'yinlarini qoldirmay, ko'rgani borar edik. Hozir ham uning birinchi murabbiyi Shodmon aka bilan doimiy aloqadamiz, maslahatlashib turamiz. Keyingi - Portugaliya bilan bo'ladigan bahsda ham terma jamoamizdan mana shunday chiroyli gollar va g'alaba kutib qolamiz”,- deydi Behruz Karimovning otasi.

Homiylarimiz: CAU, “InfinBank”, “AKFA”“Ucell” “TT LLC”“Black Cofee”“OfoTour”

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia