

“G” guruhi
Mazkur guruhda hali hech nima hal bo'lmagan. Dastlabki turdan so'ng bir ochkoga ega barcha terma jamoa. Bu esa ushbu turda barcha o'yin “yonishi”ni anglatadi.
Belgiya Eronga qarshi o'yin o'tkazadi. Bu, shubhasiz, favorit sanalgan jamoaning navbatdagi ochko yo'qotishi bo'lmasligiga qarshi hamda princpial jihatdan muhim o'yinlar o'tkazayotgan Eron uchun o'ta qadrli.

Yangi Zelandiya ham Misr bilan hisob-kitob qilib oladi. Ushbu bahsdagi jamoa hattoki guruh peshqadami bo'lishi mumkin.
Nima bo'lsa-da, bizni juda qiziqarli ikki o'yin kutmoqda.
21 iyun, 23:59. Belgiya - Eron
22 iyun, 06:00. Yangi Zelandiya - Misr
“H” guruhi
Bu guruhda ham yuqoridagidek vaziyat. Ispaniya va Urugvayning baxti shuki, ular ayni ushbu turda o'zaro o'yin o'tkazmaydi. Ikki autsayderga qarshi o'yinlar deyishga uyaladi kishi, birinchi turdagi natijalarga qarab.

Ikki xil ssenariy bo'lishi mumkin, yo ikkisi ham yirik hisoblarda g'alabaga erishadi yoki sensaciyalar davom etadi. Biz, chiroyli va intrigali futbol tarafdorimiz. Mabodo yana duranglar bo'lsa ham, yo'q deyilmaydi. 3-turda ham qiziqarli o'yinlar ko'rish istagidamiz.
21 iyun, 21:00. Ispaniya - Saudiya Arabistoni
22 iyun, 03:00. Urugvay - Kabo-Verde
“I” guruhi
Fransiya va Norvegiya avvalgi turdagi raqiblarini almashib olishadi. Ikkisi ham peshqadamlikka intilmoqda va 3-turdagi o'zaro o'yinda pley-off oldi futbolchilariga dam berib olishmoqchi.

Iroq va Senegal uchun esa oxirgi imkoniyat desa ham bo'ladi. Qaysidir biri raqibidan ochko olsa, kelasi turdagi o'zaro o'yinda favoritga aylanadi.
23 iyun, 02:00. Fransiya - Iroq
23 iyun, 05:00. Norvegiya - Senegal
“J” guruhi
Amaldagi chempion dastlabki turda Messining xet-trigidan so'ng peshqadam guruhda. Biroq bu gal raqib o'zi bilan bir xil ochko to'plab turgan Avstriya. Albatta, ularga oson bo'lmaydi.
Iordaniya va Jazoir esa maksimal darajada yutishga intiladi. Ular tushunishadiki, kelasi turdagi raqib oson emas, ammo o'xshab qolsa, ochko olish mumkin va kelasi bosqichga yo'l olish imkoni bor.

Har ikki o'yinda ham bir-biridan ajoyib motivaciya bor, faqatgina ko'rib, bahra olish lozim.
22 iyun, 22:00. Argentina - Avstriya
23 iyun, 08:00. Iordaniya - Jazoir
“K” guruhi
Portugaliya va Ronaldu, nima bo'lsa ham, ilk turda yutgani yaxshiroq edi. Bu safar ularning “ko'zi qonga to'lgan”. Biroq O'zbekiston MTJ Kolumbiyaga qarshi o'yinda ko'rsatdiki, eplasa bo'ladi. Ayniqsa, Krishtianusi bor jamoani. Bir amallab ochko olishimiz muhim sanaladi bu o'yinda.

Kongo DR esa ilk o'yindagi ochkodan keyin Kolumbiya bilan chinakamiga olishadi. Muxlislar kutayotgan natija esa umuman boshqacha, Kolumbiya yutsa yutib qo'yaversin. Axir O'zbekiston MTJ shunchaki ishtirok etishga emas, barchani xursand qiluvchi o'yin ko'rsatishga kelgan. Natija bo'lsa, nur ustiga nur.
23 iyun, 22:00. Portugaliya - Argentina
24 iyun, 07:00. Kolumbiya - Kongo DR
“L” guruhi
Angliya ham mundialda ishtirok etyapti, esdan chiqarib qo'ymadingizmi? Xorvatiyani zo'r o'yin va ajoyib natija bilan taslim etgan jamoa endi Ganaga qarshi o'yin o'tkazadi.
O'z navbatida, Gana ham ilk turda Panamani mag'lub etgandi. Ularda ham masalani kelgusi turga qoldirmasdan, shu bosqichdayoq 1/16 finalni hal etib qo'yish istagi bor.

Xorvatiya esa uch ochko olish ilinjida Panama bilan o'yin o'tkazadi. Agar o'zi kutgan natijalar bo'lsa, bu guruhda so'nggi tur “yonadi”.
24 iyun, 01:00. Angliya - Gana
24 iyun, 04:00. Panama - Xorvatiya
JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul
Promokodni faollashtirish HAVOLASI



