

“Men Tunis muxlislaridan uzr so'rayman, o'ngga va chapga ma'lumot to'qib mazza qiladiganlardan emas. Bu mamlakat manfaatiga to'g'ri kelmaydi. Ishlashga vaqtimiz yo'q. Bizda kamchiliklarni tuzatish o'rniga hamma narsani buzishadi, keyin esa qaytadan qurishadi. Biz jahon chempionatiga hech qachon birga o'ynamagan tarkib bilan keldik”, - dedi Abdi.
Tunis terma jamoasi 21 iyun kuni JCH-2026 guruh turnirining 2-turida Yaponiyaga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Shundan so'ng Afrika terma jamoasi turnirning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
1-turda Shvetsiyaga mag'lub bo'lgach (1:5), Tunis futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Sabri Lyamushini ishdan bo'shatdi. Uning o'rniga Erve Renar keldi.



