“Mundial Allplay bilan”. Oltita guruhda yakunlangan 2-tur o'yinlari qanday o'tdi? Revyu (1-qism)

21 iyun 2026, 15:01
JCH-2026 boshlanganiga 10 kun ham bo'lishga ulgurmadiki, uning shiddati va salobati oshib bormoqda. Championat.asia e'tiboringizga dastlabki oltita guruhda o'tkazilgan 2-tur uchrashuvlaridan keyingi revyuni havola etadi.

“A” guruhi

Xullas, buyog'iga matematika boshlanib ketadi barcha guruhda. Mezbon Meksika pley-off yo'llanmasini naqd qilib ulgurdi. Ikkinchi o'yinda ular Janubiy Koreyani taslim etdi. 

Guruhning keyingi o'yinida esa Chexiya qulay vaziyatni boy berdi. JAR bilan o'tgan o'yinda durangga imzo chekildi, bu esa yevropaliklarning 1/16 finalga chiqish imkoniyatlarini keskin kamaytirib yubordi. 

Sababi kelasi turda ularning raqibi mezbon Meksika bo'ladi. JAR esa Koreya bilan o'yinda sensaciya qilishga urinib ko'radi.

2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Snimok ekrana - 2026-06-21 v 14.50.51.png

“B” guruhi

Kanada birinchi turda Shvecariya bilan sensaciya qayd etgan Qatarni tor-mor etdi. Javobsiz oltita to'p kiritish ortidan turnir mezbonlari peshqadam bo'lib oldi.

Shvecariya ham Bosniyani yirik hisobda taslim etdi. So'nggi tur oldidan guruhda vaziyat ajoyib, dastlab, ikki peshqadam birinchilikni kelishib olsa, pastdagi ikki jamoa “eng yaxshi 3-o'rin” kvotasi uchun o'ynaydi. Durang esa hech birini qoniqtirmaydi.

2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Snimok ekrana - 2026-06-21 v 14.50.57.png

“C” guruhi

Braziliya nihoyat o'ziga kelib oldi. Gaitiga javobsiz uchta gol urgan “pentakampeonlar” guruhda peshqadam bo'ldi. Shotlandiya esa Marokashga mag'lub bo'ldi. 

E'tiborli tomoni shundaki, Shotlandiya guruhdan chiqishi uchun Braziliya bilan kelgusi tur o'yinida kamida durang qayd etishi lozim. Va bu holatda Marokash Gaitini engish orqali peshqadam bo'lib olish ehtimoli bor.

2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Snimok ekrana - 2026-06-21 v 14.51.00.png

“D” guruhi

Xayr, Turkiya. AQSH o'z yo'nalishida davom etgan holda bu turda ham g'alaba qozondi va peshqadamlikni mustahkamladi. 2 va 3-o'rinda uch ochko to'plagan holda Avstraliya hamda Paragvay turibdi.

Kelasi tur shunisi bilan ahamiyatliki, Turkiya jilla qursa bir to'p kiritish uchun AQSH bilan o'ynasa, yana ikki terma jamoa o'rinlarini qayta ko'rib chiqishadi. Aslini olganda durang ikkisini ham qoniqtiruvchi hisob.

2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Snimok ekrana - 2026-06-21 v 14.51.04.png

“E” guruhi

Kyurasao o'zining dastlabki ochkosini oldi, butun mamlakat bundan xursand. Germaniya bosh murabbiyi esa barchaga kambek qilish va zaxiradan futbolchi tushurish bo'yicha “dars o'tdi”. 

Kot-d'Ivuar esa kelasi turda pley-offga yo'llanma olishi deyarli 100%. Ekvadorga qarab, achinadi kishi. Ular uchun taqvim shu qadar yaxshi ediki, bundan ortig'i faqat Turkiyada bo'lgandi.

2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Snimok ekrana - 2026-06-21 v 14.51.07.png

“F” guruhi

Tunis - chempionatda eng yomon o'yin ko'rsatayotgan jamoa desa bo'ladi bemalol. Avval Shvetsiya, mana endi Yaponiya bilan o'yinda to'rtta gol farqi bilan yutqazmoqda. Hali ularni qo'rqinchli Niderlandiya kutib turibdi.

Yaponiya - Shvetsiya esa ko'p masalaga oydinlik kirituvchi o'yin bo'lib beradi. Ikkita bir xil kuchga ega jamoa ham pley-offga haqli. Faqat buni o'yinda ko'rib olamiz. 

Niderlandiya esa doimgidek tarkibi yulduzli bo'lmasa-da, chempionlikka intiladi. Oxirgi o'zi ishtirok etgan uchta chempionatda kamida yarim finalgacha kelgan terma jamoa bu gal ham ko'p syurpriz tayyorlab qo'ygani aniq.

2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

Snimok ekrana - 2026-06-21 v 14.51.10.png

JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia