

18 yoshli futbolchi ko'proq hujumning o'ng qanotida maydonga tushadi. Shuningdek, u chap vinger yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham o'ynashi mumkin.
“Uch o'yinchi seni yopa olmaydigan yagona joy - bu markaz. Vaqt o'tishi bilan u yerda o'ynayman, chunki qanotda menga qarshi himoyalanish juda oson”, - dedi Yamal.
Ispaniyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsumda 45 ta o'yinda 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U ketma-ket ikkinchi marta ligada g'olib chiqqan "Barselona"ning eng yaxshi to'purari bo'ldi.



