"Atletiko" Xulian Alvaresga o'rinbosar topdi

13 iyun 2026, 17:45
"Atletiko" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Seru Girassini nishonga oldi.

Madridliklar futbolchini Xulian Alvares ketgan taqdirda hujumni kuchaytirish uchun asosiy nishon sifatida ko'rmoqda. Girassining mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 32 million evroga baholamoqda.

Seru Girassi o'tgan mavsumda "Borussiya" safida 46 ta o'yin o'tkazdi. Unda hujumchi 22 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: fichajes.com