

"Barselona" ushbu yozda ingliz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi dinamik hujumkor yarim himoyachini izlamoqda, Palmer esa ushbu profilga mos keladi. Biroq, "Chelsi" o'z yetakchisini sotishga rozi bo'lishi dargumon.
Koul Palmer joriy mavsumda "Chelsi" safida 31 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "ko'klar" bilan shartnomasi 2033 yilning yozigacha mo'ljallangan.



