

"Marca" nashrining xabar berishicha, "Arsenal" ispaniyaliklarga 100 million evro + hujumchi Viktor Dyokeresh ko'rinishidagi taklifni tayyorlamoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, "Atletiko" Alvaresni sotmoqchi emas, ammo bu transfer Ispaniyadan tashqariga bo'lishi va taklif salmoqli bo'lishi sharti bilan muzokaralar uchun ochilishi mumkin.
Xabar qilinishicha, Alvares bo'yicha oxirgi taklif "Barselona" tomonidan berilgan 100 million evro bo'lgan edi. Kataloniyaliklar o'shanda rad javobini olishgan. Argentinalik futbolchiga shuningdek Madridning "Real" klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Alvaresning o'zi ham klubini o'zgartirishga tayyor.



